MAXFIYLIK SIYOSATI
2023 yil [] apreldan amalda
2023 yil [] aprelda e’lon qilingan
JDB电子 Central Asia MChJ sizning maxfiyligingizni himoya qilish va hurmat qilish maqsadida barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi. Ushbu hujjat bizning veb-saytimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov berilishini tavsiflab beradi.
Siz quyida topishingiz mumkin:
· 1 Kirish
· 2 Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish
· 5 Maqsadlar doirasida cheklanish
· 6 Shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi
· 7 Shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim qilish
· 9 Shaxsga doir ma’lumotlar bo’yicha huquqlar
· 11 Biz qay tarzda ushbu Maxfiylik Siyosatini yangilab boramiz
Ushbu Maxfiylik Siyosati bizning vakolatli chakana sotuvchilarimizga yoki siz to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlaringizni taqdim etadigan uchinchi shaxslarga, shu jumladan, obuna xizmatlari, sug'urta kompaniyalari va boshqa uchinchi shaxslarga nisbatan taalluqli emas. Ushbu tashkilotlar bizdan mustaqildirlar va ma'lumotlarni yig'ganlari uchun o'zlari javobgardirlar. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun bevosita ushbu tashkilotlar va ularning maxfiylik siyosatlariga murojaat qiling.
1 Kirish
Ushbu Maxfiylik Siyosati (keyingi o‘rinlarda “Siyosat” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, Toshkent shahrida joylashgan, yuridik manzili O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko’chasi, 26-uy, 3-qavat bo’lgan “JDB电子 Central Asia” MChJ xususiy mas’uliyati cheklangan jamiyatining, shuningdek, uning sho‘ba va affillangan korxonalari (keyingi o‘rinlarda alohida va birgalikda “JDB电子 Uzbekistan” yoki “biz” deb yuritiladi) O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishiga oid ma’lumotlarni taqdim etadi.
JDB电子 Uzbekistan bilan quyidagi kontakt ma’lumotlari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
· O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko’chasi, 26-uy, 3-qavat
· Elektron pochta manzili:
JDB电子 Uzbekistan Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan JDB电子 Company Limited global kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.
Ushbu Siyosat JDB电子 Uzbekistan tomonidan va/yoki JDB电子 Uzbekistan nomidan ishlov beriladigan, shaxsni identifikatsiya qiladigan yoki identifikatsiya qilishi mumkin bo'lgan barcha shaxsga doir ma'lumotlarga (keyingi o’rinlarda "Shaxsga doir ma'lumotlar" deb yuritiladi) taalluqlidir. Ushbu shaxslar bundan keyin birgalikda shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari (keyingi o’rinlarda "Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari" deb yuritiladi) deb ataladi.
JDB电子 Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish maqsadida, shuningdek, JDB电子 Uzbekistan zarur deb hisoblagan boshqa maqsadlarda Siyosatni vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish va/yoki o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2 Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish
Ushbu Siyosat JDB电子 Uzbekistanning amaldagi maxfiylik to’g’risidagi qonunlar, tamoyillar va amaliyotlarga, shu jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi” Qonuniga rioya etishi uchun zarur bo‘lgan elementlarni belgilaydi (keyingi o’rinlarda “Qo‘llaniladigan Qonunchilik" deb yuritiladi).
Ushbu Siyosat tashqi siyosat hisoblanib, shaxsga doir maʼlumotlari JDB电子 Uzbekistan tomonidan ishlov beriladigan Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlariga qaratilgan. Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining Shaxsga doir ma’lumotlariga ular yig’ilgan maqsadlar doirasida ishlov beriladi. Ushbu Siyosat JDB电子 Uzbekistan Qo‘llaniladigan Qonunchilikka muvofiq shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori (keyingi o‘rinlarda mulkdor deb yuritiladi) va shaxsga ma’lumotlar bazasining operatori (keyingi o‘rinlarda operator deb yuritiladi) sifatida faoliyat yuritgan holda Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishiga nisbatan qo‘llaniladi. Bu JDB电子 Uzbekistan ushbu Siyosat maqsadlari doirasida Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining Shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish maqsadi va usullarini belgilaganida sodir bo'ladi.
Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlaridan tijoriy maqsadlarda o’zlarining Shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etishlari so'ralishi mumkin. Bunday holda, JDB电子 Uzbekistan, uning affillangan shaxslari va hamkorlari bunday ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashi shart.
3 Biz qanday ma’lumotlarni yig’amiz va biz sizning ma’lumotlaringizdan qanday maqsadlarda va qay tarzda foydalanamiz
Biz o'z xizmatlarimizni taqdim etganimizda bizda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga ehtiyoj paydo bo'ladi. Siz bizning veb-saytimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda biz odatda quyidagi shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov beramiz:
· 1) Veb-saytga kirish va undan foydalanish: Biz sizga veb-saytimizdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish uchun avtomatik ravishda sizning shaxsiy identifikatorlaringizni (qurilmangizning Internet protokoli (IP) manzili), joylashuv ma'lumotlarini (internet protokoli (IP) manzilingiz orqali aniqlash mumkin) yig’amiz. Biz sizning IP manzilingizni saqlamaymiz. Biz yuqoridagi keltirilgan shaxsga doir ma'lumotlaringizga Kompaniyaning qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida ishlov beramiz.
· 2) Test-drayv rejalashtirish: Biz mahalliy chakana savdo joyida test-drayv rejalashtirish uchun sizning joylashuvingiz, shu jumladan, pochta indeksingiz yoki manzilingiz haqidagi ma'lumotlarni yig’amiz. Shuningdek, biz siz tomoningizdan tanlangan dilerga test-drayvni tayinlash to'g'risida so'rov yuborish uchun veb-shaklda ko'rsatishga qaror qilgan sizning ismingiz, familiyangiz, elektron pochta manzilingiz yoki telefon raqamingizni, shuningdek siz tanlagan avtomobil turini, afzal ko'rgan aloqa turini, tanlagan dileringiz nomini va diler manzilini yig’amiz. Shu maqsadda biz siz bilan tuzilgan shartnomamizni bajarish asosida yuqoridagi shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov beramiz.
· 3) Konfiguratsiyangizni taqdim etish: Siz bilan tuzilgan shartnomamiz asosida mahsulot va xizmatlarga bo'lgan so'rovingizni qanoatlantirish uchun konfiguratsiyangizni yuborganingizdan so'ng biz sizning ismingiz, telefon raqamingiz yoki elektron pochtangiz kabi ma’lumotlarni yig'amiz. Shu maqsadda biz yuqoridagi shaxsga doir ma'lumotlaringizni siz bilan tuzilgan shartnomamizning bajarilishi asosida qayta ishlaymiz.
· 4) Biz bilan bog'lanish / Savol yoki fikringizni yuborish: Biz sizning so'rovlaringizga javob berish va sizni so'ralgan xizmatlar yoki mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida bizga xabarlar orqali o’zingiz taqdim etishga qaror qilgan har qanday shaxsga doir ma'lumotlarni yig’ishimiz mumkin. Biz sizni so'ralgan xizmatlar yoki mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida sizning ismingiz va familiyangizni, telefon raqamingizni yoki elektron pochta manzilingizni, mintaqangiz va pochta indeksingizni, siz tanlagan mavzuni, siz tanlagan aloqa turini va so'rovlaringizdagi savollaringiz yoki sharhlaringizni yig’amiz. Shu maqsadda, biz yuqorida keltirilgan shaxsga doir ma'lumotlaringizga kompaniyaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida ishlov beramiz.
· Yangiliklar jo’natishga obuna bo’lish: Sizga xizmatlar ko'rsatish va mahsulotlarimiz, tadbirlarimiz va xizmatlarimiz haqida sizni xabardor qilish uchun elektron pochta manzilingizni yig'ishimiz mumkin. Shu maqsadda biz sizning roziligingiz asosida shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov beramiz. Agar siz boshqa reklama xatlarini olishni istamasangiz, xatlardagi “Obunani bekor qilish” tugmasini bosish orqali ularni qabul qilishdan voz kechishingiz mumkin. Iltimos, shuni yodda tutingki, siz marketing xabarlarini olishdan voz kechsangiz ham, biz sizga xavfsizlik yoki mahsulot xizmat ko'rsatish masalalari yuzasidan xabarlar yuborishda davom etishimiz mumkin.
Yuqorida aytib o'tilganidek, sizdan shaxsga doir ma'lumotlaringizni yig’ganimizda, biz buni cookie fayllari va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanish orqali amalga oshiramiz. Raqamli platformalarimizda cookie fayllardan qanday foydalanishimiz haqida batafsil ma’lumotni bizning Cookie Fayllari Bayonnomamizda topishingiz mumkin.
Shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash va cookie fayllar yoki taqqoslanadigan funksiyalardan foydalanishga rozilik olish uchun consentmanager AB (Håltgelvågen 1b, 72348 Västerås, mail@consentmanager.net) kompaniyasining "consentmanager" (www.consentmanager.net) rozilikni boshqarish vositasini veb-saytimizga integratsiya qildik, batafsil axborot bu yerda.
Bizning veb-saytimizda Instagram, Facebook va Twitter vidjetlari kabi ijtimoiy media funksiyalari mavjud. Bu xususiyatlar identifikatorlarni (masalan, Internet Protokolingiz (IP) manzilingiz) va internet aktivligi haqidagi ma'lumotlarni (masalan, saytimizda qaysi sahifaga tashrif buyurayotganingiz) yig’ishi mumkin. Buning uchun ushbu vidjetlar cookie faylini oʻrnatishi yoki boshqa kuzatuv texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Ijtimoiy media funksiyalari va vidjetlari uchinchi shaxslar tomonidan joylashtirilgan va bu funksiyalar bilan oʻzaro munosabatlaringiz ushbu uchinchi shaxs kompaniyalarning maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi.
4 Saqlash muddati
JDB电子 Shaxsga doir ma'lumotlardan yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vaqtdan ko'proq vaqt davomida foydalanmaydi yoki ularni saqlamaydi. JDB电子 to'plangan Shaxsga doir ma'lumotlarni ushbu Siyosatda ko'rsatilgsn maqsadlarga erishish yoki shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lgan muddat tugaganidan keyin yoki Qo’llaniladigan Qonunchilikda talab qilingan hollarda yo’q qiladi.
Agar biz siz bilan munosabat olib borsak, shaxsga doir ma'lumotlaringizni munosabatlarimiz tugagan kundan boshlab 7 yil davomida saqlaymiz. Biz sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizni munosabatlarimiz tugaganidan keyin qonuniy da'volarni amalga oshirish, tasdiqlash yoki himoya qilish uchun saqlaymiz
Agar biz sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizni ma'lumotlar, test-drayv yoki mahsulotimiz yoki xizmatlarimiz haqidagi boshqa ma'lumotlar uchun so’rov yuborishingiz natijasida olgan bo'lsak, biz sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizni ushbu ma'lumot yig’ilgan kundan boshlab 1 yil va 6 oy davomida saqlaymiz, agar bu davr mobaynida biz siz bilan munosabat o'rnatmasak.
5 Maqsadlar doirasida cheklanish
Shaxsga doir ma'lumotlarga faqat belgilangan maqsadlar uchun zarur bo'lgan darajada ishlov berilishi mumkin. Shaxsga doir ma'lumotlarga asosan ushbu Shaxsga doir ma'lumotlar yig'ilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda ishlov berilishi mumkin emas. Shaxsga doir maʼlumotlarga boshqa maqsadlarda ishlov berishga ehtiyoj yoki talab mavjud boʻlsa, JDB电子 Uzbekistan moʻljallangan ishlov berish maqsadlari dastlabki maqsadlarga mos kelishini aniqlashi shart. JDB电子 Uzbekistan bunday keyingi ishlov berishdan oldin Shaxsga doir ma'lumotlar subyektiga ushbu boshqa maqsad to'g'risida ma'lumot berishi va bunday maqsadlar uchun Shaxsga doir ma'lumotlar subyektining roziligini olishi kerak.
6 Shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi
Biz eng yuqori xavfsizlik standartlarini ushlab turishga intilamiz va JDB电子 sizning ma'lumotlaringizni texnologiyaning joriy, umumiy holatiga muvofiq himoya qilish, ayniqsa ma'lumotlarni yo'qolishi, soxtalashtirilishi yoki vakolat berilmagan uchinchi shaxslarning kirishidan himoya qilish uchun ishonchli texnik va tashkiliy choralarni joriy qildi. Biz sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizni olganimizdan so'ng, ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun qat'iy tartib-taomillar va himoya choralarini qo'llaymiz. Biroq, Internet orqali ma'lumot uzatish mutlaqo xavfsiz emas. Shuning uchun, biz shaxsga doir ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun qo'limizdan kelganini qilsak ham, Ilovamiz orqali uzatiladigan ma'lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlay olmaymiz. Achinarli holatda, agar shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligi bilan bog’liq baxtsiz hodisa yuz bersa, biz bu haqda darhol xabar beramiz va vaziyatni qonun va tegish organlar talablariga muvofiq hal qilish choralarini ko'ramiz.
7 Shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim qilish
Biz yuqorida ko'rsatilgan ma'lumotlarni quyidagilarga taqdim etamiz:
· 1) asosiy kompaniyalar, korporativ filiallar, sho'ba korxonalar, biznes bo'linmalari va umumiy mulkka ega bo'lgan boshqa kompaniyalarni o'z ichiga olgan JDB电子 Group ichida;
· 2) JDB电子 dilerlariga sotish, lizing va mijozlarga xizmat ko'rsatish maqsadlari uchun, masalan, taklif uchun so'rovlarga javob berish, diagnostika, transport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, xizmat uchrashuvlarini rejalashtirish va siz bilan bog'lanish va so'ralgan xizmatlarni taqdim etish.
o i. JDB电子 va JDB电子ning dilerlari o'zlarining maxfiylik siyosatiga ega bo'lgan alohida yuridik shaxslardir. Shuni yodda tutingki, har bir diler alohida yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsatadi va siz ularning maxfiylik siyosati va tartib-qoidalarini tushunganingizga ishonch hosil qilish uchun ushbu dilerning maxfiylik bayonotini o'qib chiqishingiz kerak. Bundan tashqari, JDB电子 dileri ko'pincha siz bilan birinchi aloqa shaxsi bo'lganligi sababli, u maxfiylik siyosati haqidagi har qanday savollaringizga javob berishi mumkin. Garchi JDB电子 o'z dilerlarini barcha amaldagi maxfiylik to'g'risidagi qonunlarni to'liq bajarishga undasada va bizning dilerlarimizga maxfiylik majburiyatlari to'g'risida ma'lumot bersada, JDB电子 dilerlarning amaldagi qonunchilikka rioya qilishlari uchun javobgar emas.
o ii. Mahsulot yetkazib beruvchilarimiz va xizmat ko'rsatuvchilarimizga: Biz sizning ma'lumotlaringizni bizga yoki to'g'ridan-to'g'ri bizning nomimizdan sizga xizmat ko'rsatishi maqsadida uchinchi tomon xizmat ko'rsatuvchi provayderlarimizga, agentlarga, subpudratchilarga va boshqa shaxslarga oshkor qilishimiz mumkin. Bunday uchinchi shaxslarga bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayderlar (masalan, hosting va elektron pochta boshqaruvi) yoki bizga xizmat ko'rsatuvchi boshqa uchinchi shaxslar kiritilishi mumkin.
· 3) Biz uchinchi tomon xizmat ko'rsatuvchi provayderlardan foydalanganimizda, biz ularga faqat o'z xizmatlarini ko'rsatish uchun zarur bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarni taqdim etamiz va ular bilan bizning aniq ko'rsatmalarimizga keltirilgan hollardan tashqari sizning ma'lumotlaringizdan foydalanmaslik va ularni xavfsiz saqlash bo’yicha tuzilgan shartnomamiz bor.
· 4) Yuridik, xavfsizlik yoki himoya maqsadlarida boshqa tashkilotlarga. Biz sizning ma'lumotlaringizni qonun yoki huquqiy talablarga rioya qilish uchun, shuningdek xizmat ko'rsatish shartlari va boshqa kelishuvlarga rioya etilishini yoki ularning qo'llanilishini ta'minlash, foydalanuvchilarimiz yoki uchinchi tomonlarimizning huquqlari, mulki yoki xavfsizligini himoya qilish uchinchi shaxslarga, huquqni muhofaza qilish organlariga yoki boshqa davlat organlariga taqdim etishimiz mumkin. Agar kimdir bizning huquqlarimiz yoki mulkimizga, boshqa veb-sayt foydalanuvchilariga yoki bunday harakatlar natijasida zarar ko'rishi mumkin bo'lgan boshqa odamlarga zarar yetkazishi yoki aralashishiga ishonish uchun asosimiz bo'lsa, biz siz va sizning avtomobilingiz haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilishimiz mumkin.
· 5) Korporativ bitim bilan bog'liq boshqa kompaniyalarga. Agar biz yoki bizning aktivlarimizning bir qismi yoki barchasi boshqa kompaniya tomonidan sotib olinsa, shu jumladan bankrotlik bilan bog’liq savdo natijasida, biz ushbu kompaniyaga tegishli ma'lumotlarni taqdim etamiz.
· 6) Siz to'g'ridan-to'g'ri ruxsatingiz bilan ruxsat bergan Ixtiyoriy uchinchi shaxslarga (masalan, Instagram, Facebook va Twitter vidjetlari). Shuningdek, biz sizning ma'lumotlaringizni siz tanlagan uchinchi shaxslarga (bundan buyon "Ixtiyoriy uchinchi shaxslar" deb yuritiladi) taqdim etamiz. Uchinchi shaxslarning ushbu xizmatlari yoki takliflari bizning emas, balki ularning o’zlarining xizmat ko'rsatish shartlari va maxfiylik qoidalari bilan tartibga solinadi. Agar shaxsga doir ma'lumotlaringizni yig’ish, ulardan foydalanish yoki taqdim etish borasida shubhangiz bo'lsa yoki sizda mavjud bo'lgan har qanday huquqlardan foydalanmoqchi bo'lsangiz, iltimos, to'g'ridan-to'g'ri Ixtiyoriy uchinchi shaxslarga murojaat qiling.
Uchinchi shaxslarga sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizga kirish huquqi berilganda, biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz faqat bunday ishlov berish zarur bo'lgan darajada amalga oshirilishini ta'minlash uchun zarur shartnomaviy, texnik va tashkiliy choralarni ko'ramiz.
Barcha holatlarda JDB电子 Uzbekistan Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari o'z xohishiga ko'ra ma'lumotni taqdim etishlari uchun nima uchun bunday ma'lumotlar zarurligini aniq ko'rsatib beradi. JDB电子 Uzbekistan Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari tomonidan taqdim etilgan Shaxsga doir ma'lumotlarni JDB电子 Uzbekistanning o'zidan boshqa hech bir tomonga Shaxsga doir ma'lumotlar subyektining oldindan ruxsatisiz oshkor qilmaydi.
8 Xalqaro transferlar
Asosan, JDB电子 Europe barcha olingan shaxsiy ma’lumotlarni Yevropa iqtisodiy hududi (YIH) yoki Buyuk Britaniyada saqlaydi. Tekshiruv o‘tkazish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaklda ulashish orqali biz bunday shaxsiy ma’lumotlarni YIH yoki Birlashgan Qirollikda joylashgan JDB电子 filiallariga yuborishimiz mumkin. JDB电子 buni faqat ushbu Maxfiylik eslatmasida keltirilgan muayyan maqsadlar uchun zarur bo‘lganda amalga oshiradi va har doim ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonunlarga muvofiq harakat qiladi.
Agar biz shaxsiy ma’lumotlaringizni Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi yoki Birlashgan Qirollikdan tashqaridagi mamlakatga yuborsak va bunday mamlakat Yevropa Komissiyasining muvofiqlik to‘g‘risidagi tegishli qaroriga ega bo‘lmasa, biz shaxsiy ma’lumotlaringizning Yevropa Komissiyasi tomonidan qabul qilingan Standart shartnoma moddalari (SCCs) yoki Birlashgan Qirollik uchun Birlashgan Qirollik xalqaro ma’lumotlar uzatish kelishuvi (IDTA) va (agar kerak bo‘lsa) boshqa qo‘shimcha tegishli texnik choralar, tashkilotlar va tadbirlarni (masalan, ma’lumotlaringizni shifrlash yoki boshqa zarur choralarni ko‘rish).
9 Shaxsga doir ma’lumotlar bo’yicha huquqlar
Qoida tariqasida, siz bizdan quyidagilarni so’rashga haqlisiz:
· biz saqlaydigan shaxsga doir ma’lumotlaringiz va ularning nusxalariga kirish;
· shaxsga doir ma'lumotlaringiz bir qismi sizga taqdim etilishi yoki boshqa mulkdorga va (operatorga) umumiy qabul qilingan, mashinada o'qiladigan formatda yuborilishi;
· sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz to’g’riligini ta’minlash maqsadida ularni yangilash yoki to’g’rilash;
· ma’lum bir holatlarda bizning qaydlarimizdan shaxsga doir ma’lumotlaringizni o’chirish;
· ma’lum bir holatlarda shaxsga doir ma’lumotlaringizga ishlov berishni cheklash.
Siz shuningdek quyidagi huquqlarga ega bo'lishingiz mumkin:
· shaxsga doir ma'lumotlaringizga muayyan sharoitlarda ishlov berishimizga e'tiroz bildirish (masalan, biz sizning ma'lumotlaringizga to'g'ridan-to'g'ri marketing maqsadida ishlov berayotgan bo'lsak);
· bizdan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to‘g‘risidagi axborotni so‘rov bo‘yicha olish;
· sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini berish shartlari to‘g‘risida axborot olish;
· shaxsga doir ma'lumotlaringizga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli organga yoki sudga murojaat etish;
· shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov berish uchun rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish, bundan Qo’llaniluvchi Qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
· shaxsga doir ma'lumotlaringizni shaxsga doir ma'lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalarda tarqatilishi uchun bizga, shuningdek uchinchi shaxsga rozilik berish;
· agar shaxsga doir ma'lumotlaringiz to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noaniq bo‘lsa, qonunga xilof ravishda olingan bo‘lsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa, bizdan shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatib turishni talab qilish.
Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun quyida 10-bo'limda keltirilgan aloqa ma'lumotlari yordamida biz bilan bog'laning.
Ushbu huquqlar ba'zi hollarda cheklanishi mumkin, masalan, agar biz sizning ma'lumotlaringizga ishlov berish bo'yicha qonuniy talabimiz borligini isbotlay olsak yoki sizga ma'lumot berish boshqa shaxsning shaxsga doir ma'lumotlarini oshkor qilsa yoki biz qonuniy ravishda bunday ma'lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega bo'lmasak. Ba'zi hollarda, bu sizning roziligingizni qaytarib olsangiz ham, ma'lumotlarni saqlashimiz mumkinligini anglatishi mumkin.
Umid qilamizki, biz sizning ma'lumotlaringizga qanday ishlov berishimiz haqidagi har qanday so'rovlaringizni qondira olamiz. Agar ma'lumotlaringizga qanday ishlov berishimiz haqida shubhangiz bo'lsa, quyida "Agar ma'lumotlaringiz haqida savollaringiz bo'lsa" bo'limida aytib o'tilganidek, biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Agar sizda hali ham hal qilinmagan muammolar mavjud bo'lsa, siz nazorat qiluvchi organga, xususan, doimiy yashash yoki ish joyingizdagi ma'lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz.
Shuni ham yodda tutingki, agar biz qonuniy yoki shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun shaxsga doir ma'lumotlarga muhtoj bo'lsak, unda bunday ma'lumotlarni taqdim etish majburiydir: agar bunday ma'lumotlar taqdim etilmasa, biz shartnomaviy munosabatlarimizni boshqara olmaymiz yoki o'zimizga yuklangan majburiyatlarni bajara olmaymiz. Boshqa barcha holatlarda so'ralgan shaxsga doir ma'lumotlarni taqdim etish ixtiyoriydir.
10 Savollar va so'rovlar
Shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov berish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, avval ushbu Maxfiylik Siyosatini o'qing. Qo'shimcha savollar uchun JDB电子ning ma'lumotlarini himoya qilish bo'yicha xodimi bilan bog'laning yoki bizga JDB电子 Central Asia MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko’chasi, 26-uy, 3-qavat, murojaat qiling. Yodda tuting, biz sizning talablaringizga juda jiddiy qaraymiz. Agar sizda shikoyat bo'lsa, iltimos, uni xuddi shu elektron pochta manziliga yuboring va biz sizga imkon qadar tezroq javob beramiz.
Siz, albatta, siz yashayotgan mamlakatning shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilishingiz mumkin. O'zbekistonda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish organlarini ushbu saytda topishingiz mumkin http://dpm.uz/.
11 Biz qay tarzda ushbu Maxfiylik Siyosatini yangilab boramiz
Biz ushbu Maxfiylik Siyosatini ish funksiyalarimiz va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish choralarimizdagi o'zgarishlarga muvofiq yangilashimiz mumkin. Agar biz ushbu Maxfiylik Siyosatiga o'zgartirish kiritsak, bu haqida veb-saytimiz orqali sizga xabar beramiz. Agar ushbu Maxfiylik Siyosatidagi o'zgarishlar ishlov berish xususiyatiga asosiy ta'sir ko'rsatsa yoki boshqa yo'l bilan sizga sezilarli ta'sir ko'rsatsa, biz sizga o'z huquqlaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz uchun bu haqida oldindan xabar beramiz.